2019- yil 21- may kuni Germaniyaning Rostok universiteti bir guruh professorlari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari K.Salohiddinov va institut professor-o‘qituvchilari samimiy kutib oldilar.
Dastlab institut xalqaro aloqalar bo‘limida muloqot va muzokaralar olib borildi.
Delegatsiya tarkibida Universitetning meditsina fakulteti dekanining tarkiblashtirish, rejalashtirish va byudjet masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yadro tibbiyoti klinikasi direktori, professor B.Krauze, universitet klinikasi torakal jarrohlik bo‘limi boshlig‘i, direktor R.Orter janoblari bo‘lib, ular ADTI bilan tibbiyot yo‘nalishida o‘zaro o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarinini hamkorlikda olib borish bo‘yicha kelishuvlar maqsadlarini bayon etdilar. O‘tgan 2018- yili 18- dekabrda ADTI rektori M.Madazimov Germaniyadagi mazkur universitetga tashrif buyurib, bakalavriat yo‘nalishida qo‘shma fakultet ochish, onkologiya yo‘nalishida hamkorlikda magistrlik dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar imzolangan edi.
Ushbu tashrif o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish, shartnomalar asosida talabalarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish masalalarida bag‘ishlandi. Suhbat chog‘ida institut tarixi, erishilgan yutuqlar, istiqboldagi rejalar xususida bahs-munozaralar olib borildi. Germaniyalik professorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
So‘ngra janob B.Krauze va R.Orterlar bilan birgalikda institut simulyatsion o‘quv markaziga tashrif uyushtirildi.
Shu kuni professorlar institut ilmiy kengashlar zalida professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida mutaxassislar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Germaniyalik mutaxassislarning tashrifi davom etmoqda.