Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ )bilan birgalikda Andijon viloyatida “Yuqori tibbiy texnologiyadan foydalanish ayollar salomatligining garovidir” mavzusida ginekologiyada kichik invaziv xirurgiya va sut bezi saratoni skriningiga yo’naltirilgan AKSIYA

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Germaniya xalqaro (GIZ) tashkiloti bilan hamkorlikning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Andijon viloyatida 2019- yilning 11-13-mart kunlari “Yuqori tibbiy texnologiyadan foydalanish ayollar salomatligining garovidir” mavzusida ginekologiyada kichik invaziv xirurgiya va sut bezi saratoni skriningiga yo’naltirilgan aksiya o’tkazilmoqda.

Ushbu aksiya bir vaqtning o’zida ikki yo’nalishni o’z ichiga oladi. Birinchisi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ultratovush diagnostikasi kafedrasi xodimlari (professor A.A.Fozilov boshchiligida) va ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining (VMO va QTF) tibbiy radiologiya va onkologiya kafedrasi xodimlari (dotsent N.S.Xakimov boshchiligida), onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi xodimlari (t.f.d. D.Z.Mamarasulova boshchiligida) va viloyatimizdagi ultratovush diagnostikasining yetuk mutaxassislari bilan hamkorlikda sut bezi skriningi (kasallikni erta aniqlash) yo’nalishida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali (RIO RIATM AF) xodimlari (direktor G.J. Xakimova boshchiligida) faoliyat olib boradi.

Ikkinchi yo’nalish yuqori endoskopik texnologiyalarni bachadon kasalliklarini samarali davolashga qaratilgan bo’lib, ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Operativ-diagnostik endoxirurgiya, stomatologiya va urologiya  kafedrasi xodimlari (dotsent B.J.Raxmonov boshchiligida) va Respublika perinatal markazi ginekologiya bo’limi mudiri, endoginekologiya bo’yicha yetuk mutaxassislar  J.G’ofurov va Sh.Alimbabayevalar boshchiligida murakkab jarrohlik amaliyotlarini o’tkazishmoqda.

345