alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYALIK JARROH AKSEL XAYDENRAYX ANDIJONDA

15:52 04.05.2022

Ayni damda Jahon va Yevropaning eng kuchli germaniyalik jarrohi Aksel Xaydenrayx viloyatimiz mutaxassislari uchun mahorat darslari va bemorlarda murakkab operatsiyalar oʻtkazmoqda,

Andijon shaxrida Germaniyalik professor Aksel Xaydenrayx (Axel Heidenreich) viloyat urologlari va onkologlari uchun master-klass jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazmoqda.

Kecha, 3 may kuni Andijonga mehmonga kelgan olim, professor Aksel Xaydenrayx urologiya, uro-onkologiya, maxsus urologik va robotik jarrohlik boʻyicha katta mutaxassis.  Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida “Siydik pufagi saratoni” bilan kasallangan bemorda murakkab jarrohlik operatsiyasini muvaffaqiyatli oʻtkazdi, u bugun esa, 4 may kuni yana bir nechta operatsiyalar oʻtkazdi, mazkur operatsiyalarda 10 dan ortiq viloyat urologlari qatnashdilar.

Quvonarlisi, mana shu jarrohlik amaliyotlarida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari qatorida  urologiya boʻyicha Germaniyada malaka oshirib qaytgan jarrohimiz ham ishtirok etib, amaliy mashgʻulotlar davomida boy bilimlari bilan oʻrtoqlashdi, tajribalarini operatsiya jarayonlarida tadbiq qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!