alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYANING UROLOGIYA, URO-ONKOLOGIYA, MAXSUS UROLOGIK VA ROBOTIK JARROHLIK BO’YICHA KATTA MUTAXASSISI AKSEL HEYDENRAYX YOSH MUTAXASSISLAR VA TALABALARGA O’Z TAJRIBALARI BILAN O’RTOQLASHDI

14:44 05.05.2022

Xabaringiz bor, germaniyalik jarroh Aksel Xaydenrayx viloyatimiz mutaxassislari bilan bemorlarda murakkab operatsiya jarayonlarini o‘tkazgan edi. Bugun esa Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov u bilan hamkorlik uchrashuvini olib bordi.

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov hamda Jarrohlik va urologiya,  Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Aksel Xaydenrayx institutimizning ikki mutaxassisi o‘z dissertatsiya ishlarini himoya qilayotganliklarini alohida ta’kidlab, mana shunday hamkorlik aloqalari yanada bardavom bo‘lishiga tilak bildirdi. Shuningdek, suhbatda akademik mobillik asosida mutaxassislar va talabalar almashinuvini yanada mustahkamlash, urologiya sohasida malakali, yetuk kadrlarni yetishtirishda Kyoli universiteti kasalxonasi bilan birgalikda ilmiy ishlar olib borish, ilmiy maqolalarni chop etishga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng yetuk jarroh professor-o‘qituvchilar va talabalarga “Qovuq o‘smasini tashrixlash va davolash” mavzusida ma’ruza olib bordi. Unda mutaxassis Germaniyada mazkur kasallikni davolashda innovatsion usullardan foydalanish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish, jarrohlik amaliyotlarigi muvaffaqiyatlar borasidagi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!