GERMANIYANING ROSTOK UNIVERSITETI BILAN “TIBBIYOT BIOTEXNOLOGIYASI” YO‘NALISHIDAGI QO‘SHMA TA’LIM DASTURI BO’YICHA NAVBATDAGI ONLAYN MULOQOT

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Joriy yilning 2020-yilning 4-iyun kuni instituning yetakchi hamkorlaridan biri Germaniyaning Rostok universiteti bilan ADTIda magistratura mutahassisligi bo‘yicha ochilayotgan “Tibbiyot biotexnologiyasi” yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturi faoliyatini 2020-2021-o‘quv yilida boshlash, o‘quv dasturlari va fakultetga abituriyentlarni qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi hamda fikrlar almashildi.

Ushbu masofaviy muloqotda Rostok universiteti rektori Wolfgang Schareck tibbiyot fakulteti dekani Bernd Krauze institut rektori M.M.Madazimov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arzikulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinovlar ishtirok etdilar.

Suhbat jarayonida Rostok universiteti rahbariyati laboratoriya, o‘quv va tibbiy jihozlar bilan ta’minlashga ko‘mak berishini bildirib o‘tdi. Kelasi haftada “Tibbiyot biotexnologiyasi” mutahassisligi bo‘yicha mas’ul professor-o‘qituvchilar uchrashuvini tashkil etish rejalashtirildi.

161