alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GIYOHVANDLIK – UMR ZAVOLI

18:25 14.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida»Yoshlar oyligi» doirasida  yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Andijon shahri IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, jinoyat qidiruv va giyohvand moddalarni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i F.Sharobiddinov, 4-son IIB Huquqbuzarlik profilaktik guruhi profilaktika katta inspektori, mayor I.Qahharov, Stomatologiya fakulteti dekani o‘rinbosari X.Mahmudov hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida talabalarga giyohvand moddalari, ularni iste’mol qilish va oldi-sottisi bilan shug‘ullanish inson salomatligi bilan birga turli jinoyatlarga sabab bo‘lishi, bu zararli illatga aralashgan har bir inson qonun oldida birdek javob berishi muqarrar ekanligi ta’kidlab o‘tildi.  Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan slaydlar va hayotiy misollar yoshlarni ogohlikka undadi. O‘z o‘rnida talabalar ham mavzu borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!