“GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNI  OLDINI  OLISH”   MAVZUSIDA   TADBIR  BO‘LIB O‘TDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 2018-yil 29-oktabrdagi 04-983-sonli, viloyat hokimligining 2018-yil 20-noyabr kungi 11/05-103 sonli xatidagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 2018-yil  22-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  soha mutaxassislari ishtirokida “Giyohvandlik  va  narkojinoyatlarni oldini  olish” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi.

Tadbirni  institut ilmiy ishlar  va innovatsiyalar bo‘yicha  prorektori G‘.Hodjimatov  ochdi va olib bordi. Tadbir avvalida talabalarga giyohvandlarning  ayanchli holatlari  aks etgan  videorolik namoyish  etildi.

Shundan so‘ng,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi xodimi Behzod Ro‘zimurodov  so‘zga chiqib, dunyodagi narkovaziyat, narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazining faoliyati, bugungi kunda respublikamizda giyohvandlik va narkojinoyatlarni  oldini  olish  borasida olib  borilayotgan  ishlar xususidagi  ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, mazkur tadbir  talaba-yoshlar o‘rtasida ogohlikni oshirish maqsadida  tashkil etilganligini,   qolaversa, yoshlarimiz  giyohvandlikka  qarshi  kurashda  va narkojinoyatlarni  oldini  olishda  faol targ‘ibotchi bo‘lishlari  lozimligini ta’kidladi.

Davra  suhbatida  viloyat hokimligi  mas’ul kotibi Jamoldin Mansurov mavzu  yuzasidan  o‘z fikrlarini  bildirishib, talabalarni  doimo ogoh bo‘lishga  chaqirdilar.

Tadbir   ochiq  muloqot tarzida  mazmunli va qiziqarli o‘tdi.

211