alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GULXAN ATROFIDA SHE’RXONLIK KECHASI O‘TKAZILDI

21:52 17.04.2024

Bugun, 17-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida «Qalblarda mangu barhayotdir Muhammad Yusuf» nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, shoirning avlodlarga qoldirgan boy she’riy merosiga ta’rif berdi.

Gulxan atrofida o‘tkazilgan she’riyat kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi a’zolari, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘linmasi xonandalari ishtirokida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Ular tomonidan shoirning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o‘tildi. Muhammad Yusuf bilan bog‘liq yorqin xotiralar esga olindi.

Institutning iqtidorli talabalari tomonidan Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlar mahorat bilan ijro etildi. Kecha davomida she’rlar kuylarga, kuylar qo‘shiqlarga ulandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!