(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HAMKORLIKLAR DAVOM ETMOQDA

17:30 24.11.2020

2020-yil 24-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasi rahbari Korneliya Beker Germaniyaning GIZ Xalqaro Hamjamiyati loyihasi doirasidagi Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasida ochilishi rejalashtirilgan «Yendourologik markazi»ning hozirgi holati bilan tanishish va loyihani kengaytirish, qo‘shimcha tadbirlarni kiritish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida vakillar institut bilan tanishtirildir. Ularga institutda yaratilgan barcha shart-sharoitlar, simuliatsion markaz, institut klinikasi ko‘rsatildi.


Tashrif yakunida ikki tomon o‘zaro hamkorlikda ishlarni davom ettishirda kelishib olindi.