alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HAMSHIRALIK TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

13:37 28.04.2022

Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Kasblar festivali” doirasida Hamshiralik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tanlov davomida qizlar hamshiralik ishi, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, hamshira odobi, muomalasi borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, 2-o‘rin Xo‘jaobod tibbiyot kolleji, 3-o‘rin esa Bo‘ston tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi jamoalariga nasib etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!