alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HAR BIR BOLA -EʼTIBORIMIZDA

22:15 29.07.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi mahallalarda, “Mehribonlik”, “Saxovat” uylarida tizimli ravishda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazib kelmoqda.

Andijon shahridagi “Bolalar shaharchasi”da “Har bir bola-eʼtiborimizda” shiori ostida oʻtkazilgan bugungi tadbir ham amaldagi xayrli ishlarning mantiqiy davomi desak xato boʻlmaydi.

Shaharcha yozgi konsert maydonida tashkil etilgan tadbir bolajonlarga zavq-shavq ulashdi. Talabalar tomonidan “Musiqali choyxona” qoʻgʻirchoq teatri namoyish etildi.

Talaba qizlarimizning shoʻx qoʻshiqlari barchani raqsga chorlagan boʻlsa, milliy “Tanovar” raqsi esa bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir oʻzbek va ingliz tillarida olib borildi.

Shaharchadagi har bir oilaning onasi va bolalariga sovgʻalar, badiiy kitoblar tarqatildi. Volontyor talabalar emlash, karantin talablariga rioya qilish, toʻgʻri ovqatlanish haqidagi tarqatma materiallarini tarqatdilar.

Ertak qahramonlari libosidagi talabalar bolajonlar bilan birga oʻynab, ularga mehr ulashdilar. Tadbir yakunida har bir oila aʼzolari jamoa boʻlishib, “Mening Prezidentim”, “Mening orzuim” mavzularida rasm chizib, keyingi tadbirlarimizda taqdimot qilib berishlari uyga vazifa qilib berildi va bolalarga rasm daftarlari va rangli qalamlar berildi.

Gʻoliblar esa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi eʼlon qilindi.
Bugungi tadbirdan barchamiz xursandmiz, begʻubor bolajonlar quvonchidan huzur topdik.

Bolalar bilan birga oʻynadik, kuyladik, ularga jamoamiz bilan birga otalik-onalik mehrini berdik. Bolalarga bering dunyoni, ularning shoʻx-shodon kulgulari dunyoni toʻldirsin.

 

ADTI matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!