alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HAR BIR YOSHGA BITTA KEKSA YOʻLBOSHCHI” SHIORI OSTIDA TADBIR OʻTKAZILDI

22:14 26.02.2022

Koʻngillarga xushnudlik, tabiatga goʻzallik ulashib bahor yaqinlashib kelmoqda. Navbahor tantanalari xonadonlarda allaqachon boshlanib ketgan. Ayniqsa, sumalak tayyorlash anʼanalari azaliy ahillik, birdamlik, oʻzbekona urf-odatlarimizni oʻzida mujassam etadi. Bu qadriyatlar albatta piru badavlat otaxon va onaxonlarimizsiz oʻtmaydi. Ularning duolari va pandlari bizni ezgulikka chorlab turadi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Yangi turmush” MFYda mahalla faollari bilan hamkorlikda “Har bir yoshga bitta keksa yoʻlboshchi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Unda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi va faollari, Davolash fakulteti xodimlari, talabalari, tyutorlar ishtirok etdi. Sumalak atrofida boʻlgan suhbat yanada qiziqarli oʻtdi. Keksalarimizning ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, kiyinish, salomlashish odobi, boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, mehmon kutish sanʼati kabi mavzulardagi hayotiy nasihatlari yoshlarga mahorat darsi boʻlib xizmat qildi.

Toʻkin dasturxon atrofida ezgu tilaklar bildirildi, esonlik, omonlik, hech koʻrmaylik yomonlik, deya duolar qilindi.

Talabalar tomonidan kuylangan shoʻx qoʻshiqlar davraga oʻzgacha fayz kiritdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!