alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Harbiy vatanparvarlik oyligi tadbirlari davom etmoqda

16:01 25.12.2018

2018-yil 15-dekabrdan 15-yanvargacha o‘tkazilayotgan Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida  Andijon davlat tibbiyot institutida bir  qator  tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 2018-yil  25-dekabr kuni   Andijon shahridagi “N” harbiy qismi  bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirni  ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  P.Asxanov ochib berdi.


Tadbirda harbiy qism komandir o‘rinbosari F.Sanaev, kapitan O.Aminovlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi islohotlar, yangiliklar, “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’ruza qildilar.
Shundan so‘ng, jangovarlikka chorlovchi musiqa sadolari ostida harbiy xizmatchilarning  chiqishlari  namoyish etildi. Oddiy askarlarning  qo‘l jangi  bo‘yicha  bajargan  murakkab tryuklari, mashqlari   ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.




Tadbir yakunida  P.Asxanov  kirib kelayotgan Yangi 2019-yil, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil  etilganining  27-yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan faol harbiy xizmatchilarga ADTI rektori M.Madazimovning  “Tashakkurnoma”sini  topshirdi.



Tadbirda   isntitut  ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, Harbiy kafedra o‘qituvchilari, ADTI  yoshlar ittifoqi faollari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!