alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ichki nazorat va monitoring bo’limi

 

Kamol Karimovich Mirzaev-Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig’i


Elektron manzili: agmi-361@rambler.ru

Telefon: (0374)-237-56-45

 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi faoliyati

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1996 yil 26 aprel 105-sonli buyrug‘iga asosan institutda Nazorat inspeksiyasi tashkil etildi.

Inspeksiya Oliy va o‘rta maxsus o‘kuv yurtlari davlat attestatsiyasi, akkreditatsiyasi va nazorati Bosh boshqarmasining tezkor bo‘limi hisoblanadi.

YUkoridagi buyruqqa asosan inspeksiya boshlig‘ining lavozimi prorektor lavozimiga tenglashtiriladi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi 1996 yil 4 noyabrda ichki nazorat inspeksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. Inspeksiya boshlig‘i vazifasi institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Z.S.Salohiddinovga yuklatilgan.

Uslubchilar etib, dotsentlar A.Z.Ishokov, YO.Q.Qosimov va assistent A.SH.SHermatovlar tayinlanganlar.

1997 yilning may oyida ichki nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib professor O.S.Salohiddinov tayinlandi. 1998 yilda dotsent B.Mamadaliev ishga kabul kilindi.

Nazorat inspeksiyasi o‘z faoliyatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tuzilgan ichki nazorat inspeksiyasi Nizomiga asosan o‘z Nizomini ishlab chiqqan, o‘quv jarayoni sifatini nazorat qilish borasida ko‘plab ishlarni rejalashtirib, ularni amalga oshiradi.

Ichki nazorat inspeksiyasi har o‘quv yilida kafedralarda  olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va davolash-otaliq ishlarining  holatini reja asosida o‘rganib borib,  tekshirish natijalari to‘g‘risida institut va fakultet ilmiy kengashlarida, rektorat  yig‘ilishlarida axborot berib boradi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ularning bajarilishi nazoratga olinadi.

Ichki nazorat inspeksiyasi nafaqat kafedralar, balki institut bo‘limlari  faoliyati, mehnat intizomi masalalariga ham e’tibor qaratgan. Inspeksiya har yili o‘quv jarayoni haqida alohida tuzilgan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnomalar orqali institut barcha talabalarning shaxsiy fikrlarini o‘rganib boradi. Bu so‘rovnomalar natijasi institut ilmiy kengashida  keng muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, har yilning yakuni bo‘yicha alohida tuzilgan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnoma buyicha test sinovlari asosida professor-o‘qituvchilarni yillik attestatsiyadan o‘tkazadi. Attestatsiya natijalariga muvofiq har yil

o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va davolash-otaliq ishlarida yuksak ko‘rsatkichga erishgan pedagoglarga ilmiy kengash qaroriga asosan oylik maoshiga 50, 40, 30 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan.

Inspeksiya boshlig‘i, professor O.S.Saloxiddinov Respublika attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat  Bosh boshqarmasi buyrug‘iga asosan 1999 yilning noyabr oyida I-Toshkent Davlat tibbiyot instituti va dekabr oyida Samarqand Davlat tibbiyot instituti faoliyatlarini attestatsiyadan o‘tkazishda xay’at a’zosi sifatida qatnashgan. Bosh uslubchi B.Mamadaliev esa Andijon Davlat tillar instituti  faoliyatini viloyat hay’ati a’zosi sifatida o‘rganib chiqqan. Bu institut nazorat inspeksiyasi hodimlariga Respublika attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat Bosh boshqarmasining ishonchidan dalolatdir.

2000-2001 o‘quv yilida nazorat uslubchi A.SHermatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga S.Mamatxo‘jaev  tayinlangan.

2002 yildan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan ichki nazorat inspeksiyasi  «Ichki nazorat va monitoring bo‘limi» deb nomlana boshlandi. Bu bo‘limga  shu yili  uslubchi etib S.Jaloliddinov qabul qilindi. Bo‘limga monitoring xizmati qo‘shilishi bilan Vazirlikning alohida chiqargan buyrug‘iga asosan har chorakda  va yil oxirida ko‘rsatilgan jadvallar bo‘yicha institutning serqirra faoliyati haqida axborotlar berib borilmoqda. Bulim o‘z faoliyatini rektorat tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boradi.

2005 yilda professor M.R.Mamadiev bo‘lim boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. Bo‘limda bosh uslubchi dotsent Q.Omonov, uslubchilar S.Jaloliddinov va  F.Xamidovlar faoliyat ko‘rsatdilar.

2005-2007 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi quyidagi tarkibda faoliyat yuritdi: bo‘lim boshlig‘i, professor M.R.Mamadiev, bosh uslubchi, dotsent T.J.Jalilov, dotsent Q.Amonov, uslubchilar: t.f.n. F.SH.Xamidov, S.Jaloliddinov.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ichki nazorat va monitoring bo‘limi institut rektorining 2007 yil 28 sentyabrda tasdiqlagan “Andijon davlat tibbiyot instituti Ichki nazorat va monitoring bo‘limi NIZOMI” asosida faoliyat olib bormoqda.

2008 yil 20 dekabrdan boshlab bo‘lim boshlig‘i etib, t.f.d. A.B.Pakirdinov tayinlandi. SHuningdek bo‘limda S.Jaloliddinov va M.Buvabekovlar faoliyat ko‘rsatishdi.

2010 yilning avgustidan boshlab dotsent K.K.Mirzaev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Hozirda bo‘limda bosh uslubchi M.Haydarov, uslubchi S.Jaloliddinov va nazoratchilar F.Xamidov, Z.Nasirdinova hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi ish yurituvchi kotibasi F.SHamsutdinovalar faoliyat olib bormoqdalar.

Nizomi

 

Joriy yilning 15-iyuniga qadar institutga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 14 ta, 29 ta yozma va 28 ta og‘zaki ja’mi 71 ta murojaatlar kelib tushdi.

Institutga kelib tushgan murojaatlarning 52 tasi qanoatlantirildi.  19 ta murojaat mualliflariga zaruriy maslahatlar va tushuntirishlar berildi. Har bir murojaatning belgilangan muddatlarda ijrosi ta’minlanganligi hamda muallif ishtirokida muhokama qilinganligi bois qayta murojaatlar kelib tushmadi.

Institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joriy yilning 15-iyuniga qadar institut Oliy ta’lim muassasasi kengashi yig‘ilishida 2 marotaba, umumiy yig‘ilishda 5 marotaba muhokama etildi.

Institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar 2022-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ishchi guruhi a’zosi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktorining o‘rinbosari F.Farhodov tomonidan atroflicha o‘rganildi va o‘rganish natijalariga binoan institutda jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayogan ishlarga ijobiy baho berildi.

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar haqida

 

M  A  ‘ L  U  M  O  T

Andijon davlat tibbiyot  institutida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, joriy yilning olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 3 ta, 23 ta og‘zaki, 6 ta yozma murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning barchasi biriktirilgan mutaxassislar tomonidan mualliflar ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etildi. O‘rganilgan masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va mualliflarga ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etildi.

Institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash soxasida olib borilayotgan ishlar  xisoboti har chorakda vazirlikning mutasaddi bo‘limiga belgilangan muddatlarda taqdim etib borildi.

Institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash soxasida olib borilayotgan ishlar  yuzasidan vazirlik va xududiy hokimliklardan  e’tirozlar tushmadi.

 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi xodimlari

Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi uslubchisiJalolidinov Sirojidin

Tel: +998906214591

Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi uslubchisiQuldashev Ahmadali

Tel: 223-94-66

Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi inspektoriQobilov Abdurahim

Tel: +998914912177

Monitoring va Ichki nazorat  bo`limi ish yurituvchisi Shamsutdinova Fotimaxon

Tel: +998916206606

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!