alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ICHKILIKBOZLIK VA NARKOLOGIYA MAVZULARIDA MA’RUZALAR OLIB BORILDI

13:29 21.06.2022

Barcha salbiy illatlarning ildizi beparvolikdan o‘sa boshlaydi. Yoshlar o‘rtasida spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni iste’mol qilishning uchrab turishi haqiqat aslida. Ana shunday zararli illatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mazkur mavzularda ma’ruzalar olib borildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ochib berdi va “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” hamda “Yoshlar oyligi” doirasida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar yaxshi samara berayotgani, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotganliklaridan boxabar bo‘lish barcha ustozlarning birinchi galdagi vazifalaridan biri ekanligini, yoshlarga esa o‘qib-izlanishlari uchun barcha sharoitlar yetarli, faqat bilim olishga bo’lgan ishtiyoqni orttirish kerakligi haqida fikr bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng  Psixiatriya va narkologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi Abdurahmon Mirzoyev “Ichkilikbozlik kasalligi, kechishi, klinikasi, davosi” hamda Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasidan Mirzohid  Saliyev narkologiya mavzularida ma’ruzalar olib bordilar. Unda ichkilikbozlik va narkologiyaning sabablari, kasallikning  bosqichlari, inson salomatligi, ijtimoiy muhitiga ta’siri haqidagi ma’lumotlarga  alohida to‘xtalib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!