alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TARQALGAN XABARGA ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING RASMIY MUNOSABATI

17:35 21.02.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari aholining tibbiy-ijtimoiy muammolarini o‘rganish jarayonlarida faol qatnashmoqdalar” mazmunidagi xabar tarqaldi.

“!Shahrixon tumanining Yangi turmush mahalla fuqarolar yig‘inida  «Andijonnoma» gazetasi tahririyati xamda Andijon davlat Tibbiyot institutining malakali vrach, shifokorlari  hamkorligida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.»     Tibbiyot xodimlari funksional vazifasi bulmagan xatlovga jalb etilishi kanchalik tugri, bu ishlarni tartibga soluvchi meʼyor bormi? Tibbiyot instituti shifokorlari chekka xududga chikib tibbiy kurik utkazish tartibi bormi, yoki gazeta raxbaryati kettik desa ketaveradimi? Ushbu savollarga muxtaram sogliknit saklash vaziri xamda xurmatli Andijon viloyat soglikni saklash boshkarmasining yangi boshlidan javob kutib kolamiz” (xabar taxrirsiz keltirildi).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 713-sonli qarori 4-bandiga asosan:

–         Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tajribasi”ni joriy qilish;

–         taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida institut kafedralari va klinika tibbiyot xodimlari Shahrixon tumani birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirilishi, hamda quyidagi ishlar amalga oshirish belgilangan:

  1. a) aholining salomatlik holatini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik darajasini o‘rgangan holda ularni xavf guruhlariga tasniflash;
  2. b) xavf guruhlariga ko‘ra ularga individual maslahat berish, ko‘rik va nazoratlarni amalga oshirish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiyaning individual choralarini belgilash;
  3. v) aholining salomatlik holati, kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik holati va kasallanish darajasidan kelib chiqib, maxsus elektron dastur asosida “Salomatlik profili”ni yaratish;
  4. g) mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nafaqadagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari, ziyolilar hamda yoshlardan iborat volontyorlik jamiyatlarini tuzish;
  5. d) aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, jismoniy faollik, shaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha targ‘ibotning zamonaviy uslublarini (aksiya, infoteyment, sport musobaqalari, tanlov, fleshmob) amaliyotga joriy qilish va ommalashtirish choralarini ko‘rish belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Qaror ijrosi bo‘yicha Shahrixon tumanining 14 ta birlamchi tizim DPMlariga qarashli 76 ta MFYlarga institutning 38 ta klinik kafedralari biriktirilib ular tomonidan aholi salomatligi bo‘yicha xavf guruhlariga ajratilishida mahalliy shifokorlarga amaliy va uslubiy yordamlar berib kelinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da, oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-6110-sonli Qarori 1-bandida ko‘zda tutilgan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini taʼminlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimni yaratish bo‘yicha tumanning barcha birlamchi tizim muassasalari hamda tibbiyot muassasasiga uzoq bo‘lgan MFYlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib kelinmoqda. 2023-yil 11-fevral kuni ham Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Shahrixon tumani “Yangi turmush” MFY hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 3 nafar fuqaroga viloyat, 8 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga bepul yo‘llanmalar berildi, 72 ta UTT, 64 ta EKG, 102 ta laborator tekshiruvlar o‘tkazilib, 28 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Tadbir yakunida mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlar va yaratilayotgan qulayliklardan xursand bo‘lgan fuqarolar salomatlik aksiyasi ishtirokchilariga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tishdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!