![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2025/01/photo_2025-01-31_08-49-48.jpg)
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov 3-bosqich doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuchilar bilan uchrashdi.
2017-yil 16-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni yanada takomillashtirilishi to‘g‘risida” PF-4958-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda hozirgi kunda 2 nafar doktorant, 25 nafar tayanch doktorantlar va 302 nafar mustaqil izlanuvchilar taxsil olmoqda.
Hozirda ilmiy bo‘lim tomonidan barcha talabgorlarning nazariy-metod kurslarini o‘zlashtirishi, malakaviy imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishi, ilmiy nashrlar hamda ilmiy amaliyotga tadbiq etishlari bo‘yicha tajriba sinov ishlarini olib borishlari monitoringi qilib boriladi.
Doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuchilar tomonidan uch yilga ishlab chiqarilgan shahsiy ish rejasida rejalashtirish ilmiy rahbarlar nazorati ostida boshqarilib kelinmoqda. Barcha talabgorlar ilmiy ishlarini o’qishning uchinchi yilida himoya qilishi shart.
Suhbat davomida 3-bosqich doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan dissertatsiyalar bo‘yicha monitoringda berilgan topshiriqlarni bajarilishi muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy rahbarlar va talabgorlar bilan birgalikda doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalarni yuqori saviyada bajarib, oʼz muddatida himoya qilish boʼyicha muammo va kamchiliklar koʼrib chiqildi. Yuzaga kelgan muammolarni bartarif etish boʼyicha amaliy yordam koʼrsatish belgilandi.