alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IMMUNOLOGIYA VA ALLERGOLOGIYA MAVZULARIDAGI ONLAYN MAʼRUZALAR DAVOM ETMOQDA

13:25 30.11.2021

IMMUNOLOGIYA VA ALLERGOLOGIYA MAVZULARIDAGI ONLAYN MAʼRUZALAR DAVOM ETMOQDA

1-UASHT kafedrasida 2021-yil 29-noyabrdan 3-dekabrga qadar Xarkov Davlat tibbiyot universiteti professori, t.f.d. Babadjan Vladimir Danilovich immunologiya va allergologiya mavzularida onlayn maʼruzalar olib bormoqda. Unda 1-UASHT kafedrasining professor-oʻqituvchilari, talabalar va magistrlar ishtirok etmoqda.

“Klinik immunologiya va allergologiyaning asosiy vazifalari va muammolari. Immun tizimining ishlash tamoyillari, uning kasalliklarini klinik va labaratoriya boʻyicha baholash. Immunodiagnostika tamoyillari”, “Antijenlar va antikorlar tushunchasi. Ularning oʻzaro taʼsir mexanizmlari. Immun tizimi hujayralarining oʻzaro taʼsiri”, “Allergik reaksiyalar. Allergik kasalliklarni tashxislashning zamonaviy usullari”, “Allergodiagnostikaning yagona va koʻp komponentli usullari”, “Allergik kasalliklar, turlari, klinik misollar, tashxis va davolash” mavzularidagi maʼruzalarda talabalar soha boʻyicha barcha savollariga mutaxassisdan javob olishmoqda.

Hozirda 2 ta maʼruza oʻtkazilgan boʻlsa, qolgan 3 ta maʼruzalarda ishtirok etishni istaganlar kafedra xodimlariga murojaat qilishlari yoki quyidagi havola orqali maʼruzalarda qatnashishlari mumkin.

Konferensiya identifikator: 7476425238

Kod : 1111

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!