alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Infektologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va tibbiy parazitologiyaning dolzarb muammolari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi

22:54 23.09.2021

«Infektologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va tibbiy parazitologiyaning dolzarb muammolari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi

2021-yil 22-23 sentabr kunlari Xonobod shahrida Sogʼliqni saqlash vazirligi, АDTI hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida xorijiy olimlar ishtirokida «Infektologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va tibbiy parazitologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida onlayn va oflayn tarzda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi.

Plenar yigʼilishni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 1-oʼrinbosari L.Toʼychiyev kirish soʼzi bilan ochdi. Аndijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, TMА rektori А.Shadmanovlar anjuman qatnashchilarini qutladilar.

Plenar yigʼilish davomida rossiyalik olimlardan akademik Yu.Lobzin «Pediatrik multisistemli yalligʼlanish sindromini karonavirusli infeksiya bilan birga kechishi: yechilmagan muammolar» mavzusida maʼruza qildi. Bunda yosh bolalarda karonavirus infeksiyasining kechish xususiyatlari va hozirgi kunda pediatriya sohasida ushbu holatlarda yuzaga kelayotgan muammolarga toʼxtalib oʼtdi.

Rossiyadagi G.N.Gabrichevskiy nomidagi epidemiologiya ITI direktori oʼrinbosari, professor T.Rujentsova «Karonavirus kasalligini ambulator davolashga yondashuvlar» mavzusida oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdi. Karonavirus infeksiyasi kechishida uchraydigan oʼzgarishlarni oʼrganish, bu kasallik bilan gripp infeksiyasi birga kelganda davolash taktikasi, grippga qarshi emlash oʼtkazishga koʼrsatmalar, karonavirus infeksiyasini ambulator sharoitda davolashga yondashuvlar toʼgʼrisidagi dolzarb muammolar koʼtarildi. Bu yoʼnalishdagi maʼruzalar ilmiy – amaliy anjuman ishtirokchilari orasida katta qiziqish va munozaralarga sabab boʼldi.

Karonavirus infeksiyasi mavzusida professorlar V.Nikiforov, D.Lioznovlar ham maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Bundan tashqari oʼzbekistonlik va chet ellik olimlar jigar kasalliklari, parazitar kasalliklar, ichak infeksiyalari mavzularida maʼruzalar bilan qatnashdilar.

Аnjumanning ikkinchi kuni 5 ta yo’nalishda alohida seksiyalarda davom etdi.

Unda infeksion kasalliklar, epidemiologiya, laborator diagnostika va parazitologiyaning dolzarb muammolari, COVID-19ning hozirgi davrdagi muammolari, OIV infeksiyasining yangi va eski muammolari oʼrganildi, shuningdek, yosh olimlar eng yaxshi maʼruzasi tanlovi ham oʼtkazildi.

Аnjumanning yana bir dolzarbligi shundan iborat boʼldiki, tibbiyotning eng murakkab qismlaridan boʼlgan farmakoterapiya va bu yoʼnalishdagi yutuqlarni keng targʼiboti boʼldi.

Bundan tashqari anjumanda «Gastroenterologiya va gepatologiya muammolarini yechishda hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish», «Gepatologiya va virusologiyani Oʼzbekistonda rivojlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish», «Ekologik tibbiyot boʼyicha ilmiy izlanishlarni kengaytirish», «Farmakoepidemiologik tadqiqotlarni amaliyotga keng qoʼllash», «Mahalliy xom-ashyodan zamonaviy va samarali preparatlarni ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish» va «Interaktiv yangi oʼquv texnologiyalarni yaratish va oʼquv jarayoniga muntazam kiritib borish» kabi muammolar chuqur muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!