alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“INKUBАTSIYA VА АKSELERАTSIYA MАRKАZI” – YANGI GʼOYALАR VА LOYIHАLАR MАSKАNI

09:40 18.06.2021

“INKUBАTSIYA VА АKSELIRАTSIYA MАRKАZI” – YANGI GʼOYALАR VА LOYIHАLАR MАSKАNI

Bugungi kunda IT sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlar orasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda yurtimizning barcha jabhalarida IT parklari faoliyat olib bormoqda. Аxborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, “Raqamli Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini muvafaqqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аxborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT –industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan Аndijon davlat tibbiyot institutida “Inkubatsiya va akseliratsiya markazi” tashkil etildi. Endi bu markazda talabalar darsdan boʼsh vaqtlarida axborot texnologiyalari sohasini oʼzlashtiribgina qolmay, istiqbolli stratap loyihalarini tayyorlab, yoʼlga qoʼyadilar. Buning uchun esa markazda barcha imkoniyatlar yetarli.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vaziri maslahatchisi – IT texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʼi Olimjon Umarov hamda viloyat IT Park direktori Farhod Ibragimov institutimizning “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” hamda “Simulyatsion markaz” faoliyati va sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Iqtidorli talabalar oʼz innovatsion loyihalarini namoyish etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!