alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI “INNOWEEK.UZ-2023” YARMARKASINING INSTITUT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

15:18 24.06.2023

Joriy yilning 24-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2023”  yarmarkasining institut bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2023”  yarmarkasining institut bosqichida ko‘rib chiqiladigan loyihalar   tibbiyot sohasini yana-da rivojlanishiga, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga, ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirishga, yangi ilmiy-tadqiqot ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishga  muhim turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fan va taʼlim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i F.Qodirova onlayn tarzda tabrik yo‘lladi hamda tibbiyot sohasidagi innovatsion ishlanmalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

Ushbu yarmarkada 61 ta loyiha namoyish etildi. Institutning yetakchi olimlaridan tuzilgan hayʼat, professor-o‘qituvchilarning tanlovda ishtirok etgan loyihalarini  ko‘rib chiqib, g‘oliblarni aniqladilar.

Unga ko‘ra:

1-o‘rinni –Klinik (o‘quv) bazalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, o‘rindosh Bolalar jarrohligi kafedrasi assistenti Farrux Abdurahmonov.

2-o‘rinni – Propedevtik stomatologiya kafedrasi mudiri Zilolaxon Hakimova;

3-o‘rinni –Normal fiziologiya kafedrasi assistenti Oygul Mamajonova qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

“Innovator ayol” – 2-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti Kamola Muhitdinova;

“Istiqbolli innovator” – Farmatsiya fakulteti talabasi Oygul Hakimova;

“Eng yaxshi innovatsion loyiha” – Anesteziologiya- reanimatologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi mudiri Sherzod Toshboyev va shu kafedra assitenti Diana Abduraxmonova instiytut rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanib, “Innovatsion g‘oyalar xaftaligi “InnoWeek.Uz-2023”  yarmarkasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

   

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!