alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«INNOWEEK.UZ-2022» HAFTALIGINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

13:35 18.07.2022

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, yosh ixtirochilar va tadbirkorlarning iqtidorini namoyish etayotgan, ularni bir maqsad sari birlashtirayotgan  «InnoWeek.uz-2022» haftaligining viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligida institut jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Haftalik doirasida oʻtkazilayotgan innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi 18-19-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Ochilish marosimida Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori oʻrinbosari, Innotexnopark direktori Akbarxon Sobirxonov oʻz kirish soʻzida bugungi kunda yoshlarning barcha sohalarda yangilikka intilib izlanayotganliklari, bu esa Yangi Oʻzbekiston kelajagini yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, marosimda Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova hamda 2-bosqich magistri I.Bektoshev ham tibbiyot sohasidagi yangiliklar, talabalarimiz tomonidan yaratilayotgan innovatsion gʻoyalar taʼlim va tibbiyot sohasini rivojlanishiga xissa qoʻshayotgani, bu loyihalar esa munosib qoʻllab-quvvatlanayotgani haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida boʻlib oʻtayotgan innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasida institutimizning 8 dan ortiq kafedra xodimlari va 10 nafardan ziyod talabalar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!