“INSON HUQUQLARI BILIMDONI” KO‘RIK-TANLOVI BILIMDONLARNI SARALASHGA TAYYOR – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“INSON HUQUQLARI BILIMDONI” KO‘RIK-TANLOVI BILIMDONLARNI SARALASHGA TAYYOR

20:17 23.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ilovaning 17-3-bandida ta’lim muassasalarida maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida “Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot institutida tanlovga start berilganini e’lon qilamiz!

 Dastlab qoidalar bilan tanishing:

-Institut talabalaridan ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar https://t.me/adtitanlovbot ga ariza topshiradi.

-Ko‘rik-tanlovga ariza topshirish 2023-yil 20-noyabrdan 1-dekabr soat 18:00 ga qadar davom etadi. Shu vaqtdan keyingi arizalar qabul qilinmaydi.

-Ko‘rik-tanlov jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar institutning rasmiy Telegram kanalida yoritib boriladi.

 Tanlovda talabalar “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni”, “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni”,“Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi”  nominatsiyalarida qatnashishlari mumkin.

G‘oliblar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Faol bo‘ling bu aynan sizning qobiliyatingizni namoyish etishingiz uchun muhim imkoniyat bo‘lishi mumkin!

Batafsil ma’lumotlar va tanlov nizomi bilan havolada tanishing:Inson huquqlari bilimdoni tanlovi nizomi

Skip to content Click to listen highlighted text!