alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI 5-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

18:30 06.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov 5-bosqich talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik munosabati bilan Konstitutsiyamiz tarixi, boʻlimlar va moddalar, unda tibbiyot va taʼlim sohasiga oid fuqarolarning huquq va burchlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Shundan soʻng talabalarga institutda kiyinish odobi, darslarda faol ishtirok etish, boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, toʻgaraklarda faol boʻlish kabi mavzular boʻyicha taʼkidlab oʻtildi.

Beshinchi bosqich talabalarining ayrimlari bitiruvchi bosqich talabalari boʻlgani bois ularga darsdan boʻsh vaqtlarida tibbiyot muassasalarida ishlash va talabalarni ish bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan imkoniyatlar xususida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻz oʻrnida talabalar ham qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!