alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI DAVOLASH FAKULTETI 5-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

16:20 02.04.2024

Bugun, 2-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash fakulteti 5-bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda oʻz sohasini puxta egallagan malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarning bandligini taʼminlash masalalari, ularning darsdan tashqari o‘z ustida ishlashlari uchun mavjud sharoitlar haqida suhbat o‘tkazildi.


Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bu borada institutda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda rektor talabalarning kelgusida oʻz mutaxassisligi boʻyicha malakali kadr boʻlib yetishishida ularning bugungi berilayotgan bilimlarni mukammal o‘zlashtirishi, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhim ekanligini alohida taʼkidladi.


Qolaversa, yetarli darajadagi xorijiy til bilish sertifikatiga ega bo‘lish orqali qo‘shimcha stipendiya olishlari mumkinligi haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro miqyosda bilimlarini mustahkamlash, malaka oshirish imkonini yaratishi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli buyrug‘i bilan tanishtirildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyatiga rioya qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!