Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI M.MADAZIMOVNING QURBON HAYITI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

03:03 16.06.2024

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!
Qadrli institutimiz jamoasi, jonkuyar ustozlar, aziz talabalar!

Muqaddas bayramlarimizdan biri bo‘lgan Qurbon hayiti bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ushbu saodatli, nurli kunlarda barcha mo‘min-musulmonlarning duolarini, savobli amallarining ijobatini berib, el-yurtimizni, xonadonlarimizni fayz-u, barakaga to‘ldirsin!

Shu kunlarga sog‘-salomat yetkazgani uchun beadad shukr aytamiz. Tilagimiz ushbu kunda barcha mo‘min-musulmonlarning duolari ijobatini berib, yurtimiz va xonadonlarimizni qut-baraka tark etmasin. Bir birimizga bo‘lgan mehr, oqibatlarimiz yo‘qolmasin.
Institutimizda faoliyat olib borayotgan ustozlarimiz, tahsil olayotgan talabalarimizni ilmlari yanada ziyoda bo‘lsin. Safimizdan ko‘plab ixtirochi olimlar, jahonga mashhur soha mutaxassislari yetishib chiqsin.

Qadrli institutimiz jamoasi sizlarni va sizlar orqali barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etaman.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!

Madamin Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content Click to listen highlighted text!