alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MARHAMAT TUMANIDAGI MAKTABLARDA O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORDI

16:24 24.02.2024

Bugun, 24-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan institutga biriktirilgan Marhamat tumanidagi kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan maktablarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayonlarda tumanning Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri S.Anjanboyeva hamrohlik qildi. Ishchi guruh tumandagi 11- va 19- umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.

Unda dastlab, maktablardagi o‘quvchilar soni, ulardan kasb-hunarga qiziqqan, o‘qishini davom ettirish istagidagi o‘quvchilar haqida ma’lumotlar olindi.  Shundan so‘ng, maktab bitiruvchilari va o‘quvchilar  bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda institut rektori tomonidan yoshlarga oliy ta’lim muassasiga kirish talablari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda chet tillarini mukammal o‘rganish, kasb-hunarga ega bo‘lish kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar haqida aytib o‘tildi. Ertamiz egalarining esa faqatgina o‘qib, izlanib muvaffaqiyat marralarini zabt etishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, maktabning holati o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!