alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

21:35 23.02.2024

Bugun, 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, akademik Musaboyev Erkin Isaqovich va institut talabalari, magistrantlar, ordinatorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda akademik E.Musaboyev faoliyatiga oid, uning amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari va ular ortidagi mashaqqatlarni sabr hamda matonat bilan yengib o‘tganligi aks etgan video materiallar namoyish etildi. Respublika Epidemiologiya ilmiy tekshirish instituti direktori B.Tojiyev, Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori S.Yusupov tomonidan ustozning COVID-19 pandemiyasi paytida amalga oshirgan ishlari, ilmiy faoliyatda erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida akademik E.Musaboyev ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va bu orqali insonlarga foyda keltirish, ularning quvonchiga sherik bo‘lish xaqiqiy zavq berishini aytib o‘tdi. Yoshlarga ilmning bosib o‘tilishi muhim bo‘lgan “pog‘onalari”, sabr va harakat bilan aniq maqsad sari intilish muvaffaqiyat kaliti ekanligini taʼkidladi.   Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!