alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA INTELLEKTUAL MULK SOHASI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

12:04 29.02.2024

Bugun, 29-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”  davlat muassasasi hamkorligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”  davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmonov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov hama institut jamoasi ishtirok etdi.

Mazkur seminar 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Unda yangi ixtirolar yaratish, ularga patent olish, intellektual mulkni himoyalash va uning muddatlari haqida mutaxassislar batafsil ma’lumot berdi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!