alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “KORRUPSIYAGA HAYOTIMIZDA O‘RIN YO‘Q” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

13:33 21.06.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbar hamda ishchi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Korrupsiyaga hayotimizda o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib,  mamlakatimizda korrupsiyaga  qarshi keskin  va jiddiy kurash olib borilayotganligini taʼkidladi.  Barcha sohalarda, jumladan oliy taʼlim va tibbiyot sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng so‘z olgan Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi U.G‘oyipov keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, sohasida muhim tashkiliy huquqiy islohotlar amalga oshirilganligini, unga oid qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.

Shunindek, Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, taʼlim muassasasida, o‘quv yili yakunlari sababli imtihon jarayonida, yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlarida, o‘qishni bir oliygohdan boshqasiga ko‘chirishda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan jiddiy chora ko‘rilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov: “- Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Biz esa bunga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz, birgalikda unga qarshi kurashishimiz zarur” – deb, aytib o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!