alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “MADHIYA – MILLIY G‘URURIMIZ” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

12:26 09.12.2023

Bugun, 9-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Madhiya – milliy g‘ururimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

 

Unda dastlab, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institut rektori M.Madazimovning bayram  tabrigini o‘qib, eshittirdi.

 

Ushbu tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i A.Nurmatov ham ishtirok etib, Davlat madhiyasining qabul qilinishi, unda yurtimizning o‘ziga xos an’analari, qadriyatlari va orzu, istaklari aks etgani haqida so‘z yuritdi va barchani bayram bilan tabrikladi.

 

Madhiyamizning yaratilishi, uning matni va musiqasi mualliflari haqida videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar Davlatimiz madhiyasida aks etgan milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz, vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimizning go‘zal tasvirini o‘z talqinlarida ifodaladi va barchani bayram bilan qutladi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!