alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA MAS’ULLAR ISHTIROKIDA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

16:01 05.08.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov imtihon jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, korrupsion holatlarni oldini olish, abituriyentlarning ota-onalariga qulay sharoitlarni yaratish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda prorektorlar, fakultetlar dekanlari va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda qabul komissiyasi aʼzolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan 2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlaridan o‘tayotgan abituriyentlarning ota-onalari uchun yaratilgan maxsus kutish zalida, suhbatlar tashkil etish, ularga taʼlim tizimidagi yangiliklar talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berib borish, ular ishtirokida so‘rovnomalar o‘tkazish  yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, texnikum bitiruvchilarining suhbat asosida bo‘lib o‘tadigan imtihonlari davomida shaffoflik, adolatlilikni taʼminlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan masʼullarga vazifalar yuklatildi.

Qolaversa, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish texnika jihozlarning sozligini nazoratdan o‘tkazish, atrof-muhitni obodonlashtirish, talabalar turar joylarini hozirlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!