alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

13:29 25.03.2024

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.

Unda, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Institutda 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar, Fakultetlarda kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha hisobotlar, Talaba-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ilmiy kengash yig‘ilishi davomida  institut rektori M.Madazimov institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlanganligi bilan samimiy tabrikladi. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishiga tilak bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!