alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI O‘TKAZILMOQDA

13:32 03.04.2024

Bugun, 3-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “OTM+maktab” hamkorligi doirasida maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil qilindi.
Unda Paxtaobod, Shahrixon, Marhamat, Xo‘jaobod, Andijon tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etmoqda.


Tadbir davomida institut rektori M.Madazimov o‘quvchilar bilan uchrashib, samimiy muloqot o‘tkazdi. O‘quvchilarga kelajakda qaysi kasb egalari bo‘lishidan qat’iy nazar bilimlarni musthakam o‘zlashtirishlari muhimligi, shifokorlik kasbining mashaqqatli bo‘lishi bilan birga sharafli ekanligi haqida aytib o‘tdi.


Mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga institutning tashkil topishi, fakultetlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi va institut bilan tanishtirildi.


Institutning Axborot resurs markazidan o‘rin olgan ilmiy, badiiy, tibbiyot sohasida oid adabiyotlar, elektron kutubxona tizimi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Simulyatsiya markazidan joy olgan zamonaviy tibbiy jixozlar talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda qanchalik muhim ekanligi haqida aytib o‘tildi va amaliyotda namoyish etildi.

O‘quvchilar ham maxsus mulyajlardan foydalanib, amaliyotda bajarib ko‘rdi. Institutda tashkil etilgan Anatomiya muzeyida ham o‘quvchilar o‘zlari uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!