Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA TAʼLIM SIFATINI VA BOSHQA OTMLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH BOʻYICHA TOPSHIRIQLAR BERILDI.

02:36 06.11.2021

Bu galgi ilmiy kengash yigʻilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazoart qilish davlat inspeksiyasida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani tafsilotlariga bagʻishlandi.
Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2020-yil yakunlari boʻyicha milliy reyting tayyorlandi. Milliy reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 62 ta (27 ta filiallari bilan jami 89 ta) asosida ilmiy tadqiqot faoliyati va taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, oʻquv-metodik ishlar faoliyati va oʻqitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, sportni rivojlantirish boʻyicha baho berildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda ham taʼlim sifatini yanada mustahkamlash, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlanishini nazorat qilish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xalqaro va milliy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash, xodimlar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, nomzodlik dissertatsiyalarni yoqlash va boshqa kun tartibidagi masalalar boʻyicha maʼlumotlar va mutaxassislarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!