alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA XORIJIY YOSH OLIMLAR ISHTIROKIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI

18:03 29.03.2024

Bugun, 29-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani xorijiy yosh olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Qatnashchilar musiqa sadolari ostida tantanali tarzda kutib olindi. Anjuman mehmonlari dastlab institutning iqtidorli talabalari, yosh olimlari, magistrant va doktorantlari tomonidan ilmiy, innovatsion sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, ixtirolar, ularning erishgan yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Anjuman avvalida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov institut rektori M.Madazimovning tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi. Bugungi kunda tibbiyot sohasida zamonaviy, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilayotganligi, bu borada yosh olimlarning faolligi va izlanuvchanligi alohida e’tirofga sazovor ekanligini ta’kidladi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda respublika va xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlari, magistr va iqtidorli talabalari gibrid (onlayn va oflayn) tarzda ishtirok etdi.
Ochilish marosimidan so‘ng, qatnashchilar 2 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Unda respublika va Boshqirdiston, Rossiya, Belorus, Tatariston, Qirg‘iziston davlatlari tibbiyot oliygohlarining talabalari hamda yosh olimlari “IV, V avlod adgeziv tizimlaridan foydalanish protokollari, adgeziya kuchi, biomoslashuv”, “Kuyishdan so‘ng tiklanish davri fonida timusning morfometrik xususiyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalarni hamda ilmiy izlanishlarini tengdoshlariga taqdim etdi.

Anjuman davomida institut rektori M.Madazimov qatnashchilar bilan uchrashib, ularning ilm yo‘lidagi intilish, harakatlari kelajakda sohani rivojlantirishda muhim ekanligini aytib o‘tdi hamda bu yo‘lda yosh olimlarga omad va zafarlar tiladi.

Yakunda anjumanda faol qatnashgan yoshlar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!