alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Institutda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda

16:05 29.04.2019

2019-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchisi-  xotin- qizlarni ish bilan ta’minlash  yo‘nalishi bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutida  davolash fakulteti va xodimlar bo‘limi hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.     Tadbirni davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochib, yangi ishga qabul qilingan xotin-qizlarni qizg‘in tabrikladi va ishchi-xodimlarning mas’uliyati, vazifalari to‘g‘risida gapirdi.

Shundan so‘ng,  dotsent B.Mamatov hamda xodimlar bo‘limi boshlig‘i D.Nazarovalar Fakultet pediatriya va neonatologiya, Nevrologiya,  Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedralariga laborant lavozimiga qabul qilingan M.Uralova, D.Razakova, D.Sidikovalarga “Mehnat  daftarchasi”ni   tantanali ravishda topshirdilar.

Tadbir yakunida laborant lavozimiga qabul qilingan D.Sidiqova ishga qabul qilinganligidan va xotin—qizlarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibordan  mamnun ekanligini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!