alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZNING АYOL XODIMАLАRI VOLEYBOL SPORT TURI BOʼYICHА BELLАSHDILАR

10:32 16.04.2021

“Salomatlik oyligi”da institutimizning ayol xodimlari ham tashabbuskor va abjir chiqib qolishdi. Pediatriya, Davolash fakulteti hamda rektorat, axborot-resurs markazi xodimalari jamoa sifatida voleybol sport turi musobaqasini oʼtkazdilar. Taʼlim-tarbiya borasida talabalarga oʼrnak boʼla olgan oʼqituvchi va xodimalar salomatlik targʼibotini ham qoʼlga olishdi. Chaqqonlik bilan harakat qilayotgan ayollarning oʼyinlarini institutimiz rektori M. Madazimov, prorektor va oʼqituvchi-murabbiylar kuzatib, baholab bordilar.

Musobaqa natijalariga koʼra Davolash fakulteti 1-oʼrinni, Rektorat xodimalari 2-oʼrinni, Pediatriya fakulteti 3-oʼrinni qoʼlga kiritdilar. Jamoa aʼzolarining har biri 1-oʼrin gʼoliblari 500 ming soʼm, 2-oʼrin gʼoliblari 300 ming soʼm, 3-oʼrin gʼoliblari 200 ming soʼmdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!