alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZNING 7 NAFAR XODIMLARI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

15:44 07.12.2022

Mustaqillik bizga imkon, eʼtibor va ragʻbatlarni xadya etdi. Qay bir sohada boʻlmasin izlanish va intilishlarimizni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoʻllab-quvvatlab, kafolatlab turibdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining bir qator xodimlari ham “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

 

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Abdurahmon Abduhalimov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Gulhayo Xolmatova, psixolog Oʻtkir Arziqulov, Pediatriya kafedrasi mudiri Abduqodir Arzibekov, Umumiy jarrohlik kafedrasi assistenti Abdunosir Turgʻunov, institut klinikasi Nevrologiya boʻlimi bosh shifokori oʻrinbosari Lola Husainova hamda klinika shifokori Sotvoldi Qodirov fidokorona mehnatlari uchun Prezidentimiz eʼtiboridan joy oldilar.

Quvonarlisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatovaga mazkur mukofotni viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov bayram tadbirida taqdim etgani institutimiz yoshlariga yana bir eʼtibor namunasi boʻldi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni sohiblarini yuksak eʼtirof bilan qizgʻin muborakbod etamiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!