alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IQTIDORLI TALABALAR OTA-ONALARIGA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI

14:16 04.08.2021

O‘zini shu muqaddas yurtning farzandi arjumandiman, degan har bir yosh borki, olib borayotgan har bir faoliyat zamirida shu yurtga daxldorlik tuyg‘usi mustahkamligi ko‘zga tashlanadi. Bugun har sohada fidoiy yoshlar o‘zlarining tashabbuskorligi bilan barchaga namuna bo‘lmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh fidoiy yoshlaridan iborat tarkibdagi «Volontyorlar» guruhi fidoiylik bilan aholi orasida karantin qoidalariga amal qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarga qarshi kurashning eng samarali usuli “Emlash” bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

Instituti rahbariyati talaba-yoshlarni har sohada qo‘llab-quvvatlashlari yoshlarni ruhlantirib, Andijon viloyati ijtimoiy hayotida ularni yana ham faol bo‘lishga undamoqda. Fidoiy yoshlar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari ijtimoiy tarmoqlarda, institut rasmiy sahifalarida, OAVlarida yoritib borilmoqda. Bugun mana shunday faol talabalarning ota-onalariga Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!