alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI

BUSTANOV SHERZODBEK YAKUBOVICH
Bo‘lim boshlig‘i
Telefon: +998 99 9052550
Elektron pochta: nestle.bustanov@mail.ru

BO‘LIM FAOLIYATI HAQIDA

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi Andijon davlat tibbiyot instituti tuzilmasiga kiritilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi – iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib institutning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi, tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni institutning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garakalar faoliyatini tashkil etish kabi ishlar olib borilmoqda.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini aniqlab borish;
-iqtidorli talabalarning qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish;
-iqtidorli talabalarning fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
-iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, institut, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish;
-reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
-iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, institut rahbarlari, tajribali professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun ixtisosligi boʻyicha kasb oʻyinlari va tanlovlarni tashkil etish;
-tarjimonlik yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy toʻgaraklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
-tanlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha adabiyot va boshqa manbalar bilan iqtidorli talabalarni taʼminlash va ulardan foydalanish usullarini oʻrgatish;
-iqtidorli talabalar uchun maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari ishlab chiqishni va ular asosida taʼlim berishni tashkil etish;

Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish ishiga oliy oʻquv yurtida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshliqlari va guruh murabbiylari masʼul hisoblanadi.

BO‘LIM XODIMLARI

SADIKOVA MUAZZAMXON TURSUNOVNA
Muhandis
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!