alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ISLOHOTLАR BILIMDONI” TАNLOVI

20:22 08.04.2021

Oliy va oʼrta-maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 5 ta nominatsiya boʼyicha har yili “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʼrik-tanlovi oʼtkaziladi.

Oliy taʼlim muassasasining pedagog xodimlari koʼrik-tanlovning:

–           “Eng faol milliy gʼoya va maʼnaviyat targʼibotchisi”,

–           “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha eng yaxshi kafedra”,

–           “Eng yaxshi guruh murabbiysi”,

–           “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari boʼyicha;

Talabalari esa “Eng faol islohotlar targʼibotchisi” nominatsiyasi boʼyicha ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov gʼolibi va sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:

Pedagog xodimlar uchun:

1-oʼrin – BHMning 45 baravari;

2-oʼrin – BHMning 40 baravari;

3-oʼrin – BHMning 35 baravari.

Talabalar uchun:

1-oʼrin – BHMning 20 baravari;

2-oʼrin – BHMning 15 baravari;

3-oʼrin – BHMning 10 baravari.

Shoshiling, joriy yilning 10-apreldan 15-maygacha oliy taʼlim muassasasining yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!