alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ISLOHOTLAR BILIMDONI” KENG TARMOQLI RESPUBLIKA ILMIY-MA’RIFIY KO‘RIK-TANLOVDA ISHTIROK ETING VA PUL MUKOFOTIGA EGA BO‘LING!

14:12 02.06.2022

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika Oliy ta’lim kengashi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
  • “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”;
  • “Eng yaxshi guruh murabbiysi”;
  • “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari o‘rtasida;
  • “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi esa talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 2 bosqichda olib boriladi:

1-bosqich 2 ta shart asosida:

1-shartda nomzodlarning nominatsiyalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi taxlili (xujjatlar asosida), 2-shart esa sohaga doir savollardan iborat test sinovi (yoki suhbat) asosida o‘tkaziladi.

2-bosqich Respublika bosqichi bo‘lib, unda ham 2 ta shart asosida:

1-shartda nomzodlarning xujjatlari saralanadi va yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari eng yuqori baholangan 15 nafargacha nomzod keyingi shartda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

2-shartda esa nomzodlar tanlangan nominatsiyasi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot (multimediya) qilib beradi. Taqdimotlar natijasiga ko‘ra, Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi.

G‘oliblar har bir nominatsiya bo‘yicha 1-. 2-. 3-o‘rinlar uchun diplom, statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40, 35 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovdja ishtirok etishni istaganlar 2022-yilning 15-iyuniga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga xujjatlari bilan murojaat qilishlari mumkin.

To‘liq ma’lumot uchun ilova:

———————-3——25.01.2021—.————–

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!