alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISROIL TOʼYCHIYEV XOTIRАSI YOD ETILDI

18:24 10.05.2021

Ustozlarni eʼzozlash, xotirasini yod etish shogirdlarning insoniylik burchidir. Uzoq yillar davomida Аndijon davlat tibbiyot institutida samarali faoliyat olib borgan tibbiyot fanlari doktori Isroil Toʼychiyev xotirasiga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi. Unda ustozning shogirdlari, oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor B. Аbdullajonov, Oʼzbekiston tabobat akademiyasining raisi, kimyo fanlari doktori, professor N. Mamasoliyev, Oʼzbekiston tibbiyot akademiyasining xaqiqiy aʼzosi, VMOF dekani X. Tursunov kabi professor-oʼqituvchilar I. Tursunovning hayoti va faoliyati, ijodi, ilmiy merosi haqida soʼzlab, insoniylik fazilatlari borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbirdan soʼng VMOF dekani X. Tursunov boshchiligida iftorlik oshi tashkil etildi. Unda institutning barcha xodimlari ishtirok etdilar. Ustozlar oʼtganlarning xotirasi uchun duo qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!