alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“JАHOLАTGА QАRSHI MА’RIFАT” SEMINАRI TАSHKIL ETILDI

17:52 26.03.2021

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida boʼlib oʼtgan kengaytirilgan yigʼilishida taʼlim muassasalarida yoshlar orasida ekstremizm gʼoyalariga berilishning oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan edi.

Аndijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-martdagi buyrugʼi ijrosini taʼminlash, talaba yoshlarning boʼsh vaqtlarini nazoratga olish va foydali mashgʼulotlarga jalb etish maqsadida tashkillangan “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida oʼtkazilgan seminarda ham xuddi shu borada soʼz bordi.

Dastavval tadbirni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Mirzohid Botirov ochib berdi. Inson maʼnaviyati, odob-axloqi, institutda, talabalar turar joylarida talabalarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yetarli ekani haqida fikr-mulohazalarini bildirib, seminar ishtirokchilarini mehmonlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Sayyid Muhyiddin Mahdum madrasasi mudarrisi Muhammadali Hayitboyev islom dini borasida, unda inson, unga berilgan neʼmat, ezgulik sifatlarining ulugʼligi hamda diniy ektremizm va terrorizm taʼsiriga berilib qolmaslik borasida talabalarga keng tushuntirish berib oʼtdi. Viloyat IIB Terrozim va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boʼlimi boshligʼi Sarvarbek Hakimov diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar, salbiy illatlar taʼsiriga tushib, natijada oʼz kelajagiga zomin boʼlgan yoshlar borasida ham oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga mavzuga doir savollar bilan murojaat qildilar.  Xususan 3-bosqich talabasi Alisher Zokirovning kiyinish madaniyati borasidagi savoli mutaxassislarni qiziqtirdi va ular bu haqda o’z fikrlarini bayon etdilar. Seminar savol-javoblarga, bahs va munozaralarga boy ravishda oʼtdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!