alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“JADIDLAR MEROSI” ONLAYN TANLOVLARIDA ISHTIROK ETING!

13:16 28.12.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng maroqli ta’til haftaligi”ni e’lon qiladi hamda ushbu haftalik doirasida qator onlayn tanlovlar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Tanlovlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
– “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi (1-ilova);
– “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida “Eng yaxshi infografika” tanlovi (2-ilova);
– “Jadidlarning ijod durdonalari” mavzusida “Eng yaxshi qo‘shiqlar” tanlovi (3-ilova);

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Gʻoliblarga institut rektorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.
Tanlovga materiallarni #eng_maroqli_tatil_haftaligi heshtegi ostida 2024-yil 7-yanvar kuniga qadar yuborishingiz mumkin. Ijodiy ishlaringizni Fakultet, ism, familiyangizni to’liq ko‘rsatgan holda @adtitanlovbot yuborishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!

Tanlovlar nizomi bilan havolada batafsil tanishing: Jadidlar merosi onlayn tanlov nizomi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!