Jarrohlik fanidan respublika olimpiadasi o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 14-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida jarrohlik fanidan respublika olimpiadasining 3- va 4-turlari bo‘lib o‘tdi. Bunda talabalar nazariy bilim va ko‘nikmalarini test sinovlari orqali simulyatsion va laparoskopiya o‘quv markazlarida sinovdan o‘tkazdilar.

Bu yerda talabalar  jarrohlik asbob-uskunalarini tanlash,teriga tugunli chok qo‘yish, ichaklarga chok qo‘yish, plevra bo‘shlig‘iga funksiya qilish, yurakni bilvosita massaj qilish, o‘pkaga ambu qopchasi  orqali sun’iy nafas berish  ko‘nikmalarini mulyajlarda bajardilar.

Simulyatsion o‘quv markazida olimpiadachilarning malaka va ko‘nikmalari markaziy kuzatuv ekranida  barcha  kuzatuvchilar: mehmonlar, ishtirokchilar va o‘z ustozlari  tomonidan  ham kuzatib borish imkoniyatiga  ega bo‘ldilar.

Endoxirurgiya markazida esa, ekstrakorporal tugunchasini shakllantirish, Reder tuzilishini shakllantirish va endopetlya qo‘yish, xalqalarni shtirkaga uzatish kabi jarayonlar  amalga oshirildi. Olimpiadachilarning har bir harakati va jarayonlardagi bergan izohi va tushunchalari  nufuzli hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholanib borildi.

Shu kuni olimpiadaning tantanali yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut  o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor A. Arziqulov so‘z olib, barcha ishtirokchilar haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi. Hay’at a’zolari nomidan jarrohlik va uralogiya kafedrasi mudiri , professor F.Nishonov gapirib g‘oliblarni e’lon qildi. Olimpiada yakuniga ko‘ra, quyidagilar jarrohlik fanidan respublika olimpiadasi g‘oliblari deb topildi.

Faxrli  1- o‘rin –   Jamoliddin G‘anijonov (Andijon davlat tibbiyot instituti),

2- o‘rin  –   Shahnoza Oxunova (Toshkent tibbiyot akademiyasi),

3- o‘rin  –  Muxlisa Umarova (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti),

Alisher Qodirov (Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali),

Bobur Abduvoitov (Samarqand davlat tibbiyot instituti), Ibodjon Ismoilov (Buxoro davlat tibbiyot instituti), Ajiniyoz Alimbetov (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali), Alisher Marksov(Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali) talabalari rag‘batlantirivchi o‘rinlarga ega bo‘ldilar. G‘oliblarga sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Olimpiadachilar yuksak ilmiy ruhda tashkil etilgan  sinovlardan ko‘ngli to‘lib,bilimli va salohiyatli do‘stlar orttirganligidan mamnun bo‘lib, yaxshi kayfiyat va xush taassurotlar bilan  o‘z yurtlariga qaytdilar.

221