Jarrohlik stomatologiya kafedrasida Italiyaning Milan universiteti professori tomonidan video ma’ruza.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 yil 10 dekabr kuni ADTI jarrohlik stomatologiya kafedrasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida Italiyaning Milan universiteti professori, implantolog Diego Lops tomonidan video ma’ruza o’tkazildi. Video ma’ruzani stomatologiya fakulteti dekani D.Sh.To’lanov kirish so’zi bilan ochib, tashkilotchilarga alohida tashakkur bildirdi.

Ma’ruza “Zamonaviy dental implantologiya” mavzusida bo’lib unda hozirda qo’llanilayotgan zamonaviy dental implantologiya o’tkazish usullri to’grisida to’liq ma’lumot berildi. Video ma’ruzada stomatologiya fakulteti 4-kurs talabalari va qo’shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar, jarrohlik stomatologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Talabalar ma’ruzadan dental implantantlar bilan davolashning eng zamonaviy usullari to’grisida zarur ma’lumotlarni oldilar.

186