(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JONLI IJRODA KUYLADILAR

18:25 10.02.2021

Talabalarimiz orasida musiqa shaydolari ham topiladi. Ayniqsa, ularning jonli ijrolari barchaning ko‘nglidan joy oladi. “5 ta tashabbus” doirasida o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarimiz ana shunday iqtidorli yoshlarni maydonga chorlamoqda.
Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida talaba-yoshlar o‘rtasida “San’at va madaniyat” haftaligi doirasida “Jonli ovoz” qo‘shiqlar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda institutimizning Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi Ilhomjon Hoshimov, 3-bosqich talabasi Xusanjon Jo‘rayev, Stomatologiya fakultetining 3-bosqich talabasi Farruhbek Toshboyev ham munosib ishtirok etdilar.
Ular tomonidan mahorat bilan kuylangan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar san’at ixlosmandlarining taxsiniga sazovor bo‘ldi.

Oylik doirasida o‘tkazilgan tanlov va musobaqa g‘oliblarini taqdirlash hamda “Andijon yoshlarni birlashtiradi!” shou-konsert dasturi 27-fevral kuni “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tadi.