Kafedra xodimlari maktabdagi kitobxonlik tadbirida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot insituti Bolalar travmatologiyasi ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi 12-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida “Kitobim – oftobim” mavzusi ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda kafedra mudiri Q.A.Qo‘ldashev kitob o‘qishning zavqi, o‘qish uchun qanday kitoblarni tanlash zarurligi, tibbiy yo‘nalishdagi kitoblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitoblar haqida so‘zlab berdilar. Tashrif davomida kafedra xodimlar maktab o‘quvchilariga o‘zlari olib kelgan badiiy kitoblarni sovg‘a qildilar.  Bolalar travmatologiyasi ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan kitobxonlik tadbirida maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

226